Bubnov - Mbappe haqida: "Ronaldu ham, Pele ham shu yoshida bunday o'yin ko'rsata olmagan"

Mirjalol Normatov
17 iyul 2018, 12:22
Futbol eksperti Aleksandr Bubnov Fransiya termasi forvardi Kilian Mbappening o'yinlari borasida o'z fikrlarini bildirdi.

"Mbappe - yulduz. U yaqin 10 yillikda futbol osmonida porlashi kerak. Ronaldu ham, Pele ham shu yoshida bunday o'yin ko'rsata olmagan. Texnika, tezlik, paslardagi aniqlik, o'yinni tushunish - barchasi a'lo darajada. Umuman aytganda futbolning haqiqiy yulduzi", - dedi Bubnov.

Mbappe jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru