Bu yil "Pro" licenziyasiga o'qish 22,5 million so'mga tushadi

Narzulla Saydullayev
17 noya 2013, 14:55
Ertaga, 18 noyabrdan boshlab murabbiylar uchun “Pro” licenziyasiga o'qishlar boshlanadi.
Kurslar odatdagidaek Chig'atoy futbol markazida tashkillashtiriladi. Bizga ma'lum bo'lishicha, o'qishning birinchi qismi yangi yilgacha mo'ljallangan bo'lib, 28 dekabrga qadar davom etadi.

Keyin esa ikkinchi qismi 3-23 yanvar oralig'ida o'tkaziladi. Shundan so'ng kursda ishtirok etgan murabbiylarga diplom ishi beriladi va ular diplom ishini 14 aprel kuni himoya qilishadi. Hozircha “Pro” uchun aynan qaysi murabbiylarning tahsil olishi borasida rasmiy axborotga ega emasmiz. Bilganimiz shuki, licenziya uchun to'lanadigan summa miqdori 22,5 million so'mni tashkil etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia