"Bryugge" ustozi: "Matbuot anjumanida "yutishimiz kerak" iborasiga ko'p duch kelamiz"

18 sen 2019, 19:50
"Bryugge" bosh murabbiyi Filip Klement YCHL 1-turidan o'rin olgan "Galatasaroy" klubiga qarshi o'yindan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ushbu bahsda g'alaba qozonsak, guruh bosqichini "Galatasaroy"dan yuqori o'rinda tugatishimiz uchun katta qadam tashlagan bo'lamiz. Ertaga (matbuot anjumani 17 sentbyar kuni o'tkazilgan) yutqazib qo'ysak nima bo'ladi? Oldimizda bizni yana 5 ta bir-biridan chiroyli bo'lishi kutilayotgan o'yilarimiz bor. Matbuot anjumanida "yutishimiz kerak" iborasiga ko'p duch kelamiz, lekin biz chempion bo'lmagan holda, guruh bosqichiga yo'l olgan birinchi Belgiya klubi bo'la oldik. Albatta, biz bundan ham ko'prog'ini xohlaymiz", - deydi Klement.

Qayd etish kerak, o'tgan mavsum Belgiya chempionatini "Genk" birinchi, "Bryugge" esa ikkinchi o'rinda yakunlagandi. 

"A" guruhining ikkinchi juftligi ham bugun musobaqadagi ishtirokini boshlashadi. PSJ va "Real" o'yini tunggi 00:00da boshlanishi belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com