

"Manchester Yunayted" klubi jamoa yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning "Tottenxem"ga qarshi o'yinda olgan qizil kartochkasi ustidan tegishli shikoyatni kiritdi. Angliya futbol assotsiatsiyasi ushbu appelyaciyani qanoatlantirdi va Brunu Fernandeshning qizil kartochkasi bekor qilindi. Tashkilot Brunu o'shanda qizilq kartochkaga loyiq fol amalga oshirmaganini rasman ma'lum qildi. Futbolchi jamoaning keyingi o'yinlarida ishtirok etishi mumkin.




