Brozovich, Barella va Lautaro Martines "Inter"da qolish xohishini bildirishdi

Alisher
20 okt 2021
"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta klub Marselo Brozovich, Nikolo Barella va Lautaro Martinesni saqlab qolishi haqida gapirdi.

"Brozovich "Inter"da qolmoqchi, uning o'zi bizga bu haqda aytdi. Tez orada biz uning agenti bilan muzokaralar o'tkazamiz.

Barella va Martines ham jamoamizda qolishga qaror qilishdi", - deydi Marotta.

Oldinroq Brozovichning kelasi yozda erkin agent maqomida "Inter"dan kyetishi haqida xabar berilgandi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano