"Brentford" hujumchisi o'yinlarga pul tikishda gumon qilinmoqda

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022, 13:10
Angliyaning "Brentford" klubi hujumchisi Ayvan Touni noxush holatga tushib qoldi.

"Daily Mail" nashri xabariga ko'ra, u uchrashuvlarga pul tikishda gumon qilingan. Gap uning hozirgi klubidagi o'yinlaridan oldingi davr haqida ketmoqda, boshqa tafsilotlar haqida ma'lumot berilmagan. 

Klub matbuot xizmati allaqachon vaziyatga izoh berishni istamasligini ma'lum qilgan.

"Bundan xabardorman. Ular tekshiruvni tugatmaguncha izoh bermayman. Mening orzum o'zgarishsiz qolmoqda – o'z vatanim uchun Jahon chempionatida o'ynashni istayman", – dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail