Braziliya terma jamoasi futbolchisi: "Neymarning "Barselona"ga o'tishini xohlayman"

Alisher
22 iyul 2019, 13:49
"Atletiko"ning sobiq himoyachisi Filipe Luis PSJ hujumchisi Neymarning "Barselona"ga o'tishiga umid qilishini aytib o'tdi.

"Neymar faoliyatini "Barselona"da yakunlashini xohlayman. U "Barselona" bilan baxtli. U yana Messi bilan birgalikda o'ynasa ajoyib bo'lar edi. Neymarning "ko'k-anorranglilar" tarkibiga qaytishi Braziliya futbolchi uchun ham yaxshi bo'ladi deb o'ylayman. Ammo, bu oson ish emas", - deydi "Atletiko"ning sobiq o'yinchisi.

Braziliya terma jamoasi forvardi 2017 yilda "Barselona"dan Parij klubiga 222 million evro mablag' evaziga o'tgan edi.

Shu yozda futbolchining Ispaniyaga qaytishi borasida ko'plab xabarlar yangramoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal