"Borussiya"da Isakni 30 million evro evaziga xarid qilish huquqi bor

Alisher
1 fev 2021, 17:38
"Borussiya" (Dortmund)da "Real Sosedad" forvardi Aleksandr Isakni qayta xarid qilish huquqi bor.

"Arilar"da 21 yoshli shvetsiyalik futbolchini birinchi navbatda 30 million evroga xarid qilish huquqi bor.

Xabarlarga ko'ra, agar San-Sebastyan klubiga Isak bo'yicha boshqa klublardan taklif kelsa, "Real Sosedad" bu haqda "Borussiya"ga xabar berishi kerak.

Isak joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild