"Borussiya" Xolandga o'rinbosar topdi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2021, 14:41
PSV hujumchisi Doniell Malen yozda Germaniyaga ko'chib o'tishi mumkin.

22 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

"Borussiya" Malenni yozda klubdan ketishi mumkin bo'lgan Erling Xolandga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Oldinroq Malenga "Yuventus", "Milan" va "Liverpul" klublari qiziqishgandi.

2020/2021 yilgi mavsumda Malen PSV safida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushdi va 23ta gol urdi. Transfermarkt internet-portali Malenning transfer narxini 30 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira