"Borussiya" o'z yulduzi bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2017, 18:45
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Shinji Kagava klub bilan shartnomani uzaytirdi.

Yaponiyalik futbolchi shartnomani 2020 yilgacha uzaytirdi. Kagavaning "Borussiya" bilan avvalgi kelishuvi 2018 yilning yozida yakuniga yetishi kerak edi.

So'nggi mavsum 28 yoshli futbolchi Bundesliganing 21 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com