Rasman: "Borussiya" o'yinchisi Shinji Kagava Segunda klubiga o'tdi

Alisher
9 avg 2019, 18:47
"Saragosa" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Shinji Kagavaning transferini e'lon qildi.

Yaponiyalik futbolchi Segunda klubi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkan.

"Saragosa" 2019/20 yilgi mavsum Segundada ishtirok etadi.

Klub yakunlangan mavsum Ispaniyada nufuzi jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi divizionda 15-o'rinni egallagan.

Kagava Dortmund klubidan tashqari "Sereso Osaka", "Manchester Yunayted" va "Beshiktosh" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RealZaragoza