"Borussiya" hujumchisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
11 apr 2017, 14:47
Menxengladbaxning "Borussiya" klubi hujumchisi Raffael joriy mavsumning qolgan qismini jarohat tufayli o'tkazib yuboradi.

Hujumchi "Kyoln"ga qarshi Bundesliganing 28-tur uchrashuvida (3:2) jarohat olgan edi.

Tibbiy tekshiruv natijalariga ko'ra, Raffaelning o'ng tizzasi paylarida shikastlanish aniqlandi.

31 yoshli braziliyalik joriy mavsum Bundesligada 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com