"Borussiya" futbolchisi koronavirusga chalindi

Alisher
8 okt 2020, 15:18
Dortmundning "Borussiya" jamoasida koronavirus holati aniqlandi.

Shveytsariyalik himoyachi Manuel Akanjida infekciya aniqlandi. O'yinchida COVID-19 terma jamoada bo'lganida aniqlandi.

Futbolchi Shveytsariya termasiga Millatlar Ligasning oktyabrda bo'lib o'tadigan guruh bosqichi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun yetib kelgandi. 25 yoshli futbolchida belgilar yo'q, u hozir karantinda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq termaning yana bir o'yinchisi Jyerdan Shakirida ham kasallik aniqlangandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SFV_ASF