"Borussiya" futbolchisi APL klublaridan biriga o'tishi mumkin

Alisher
3 mar 2020, 15:51
"Borussiya" (Myonxengladbax) yarim himoyachisi Denis Zakariya yozda klubdan ketishi mumkin.

23 yoshli shveytsariyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda.

Klublar o'yinchi uchun 30-35 million evro miqdoridagi mablag'ni sarflashga tayyorlar.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" ham Zakariya uchun da'vogarlar orasida bor.

Zakariya joriy mavsum Bundesligada 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Star