"Borussiya" Edegor borasida "Real" bilan muzokara o'tkazdi
Aslanov Jasurbek
22 sen 2016, 16:23
Menxengladbaxning "Borussiya" klubi vakillari "Real" yarim himoyachisi Martin Edegor borasida "qaymoqranglilar" bilan muzokara o'tkazdi.
Bu ma'lumotni nemis klubi sport direktori Maks Eberl tasdiqladi.
"Real" bilan muzokaralar yaxshi davom etmoqda. Biz avval ham Martinni xarid qilmoqchi bo'lganmiz, ammo o'shanda hech narsa qila olmaganmiz" - deydi Eberl.