"Borussiya Dortmund" Zabitcer transferini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2023
Avstriyalik yarim himoyachi Marsel Zabitcer "Bavariya"dan Dortmundning "Borussiya"siga o'tdi. Bu haqda “asalarilar” rasmiy sayti xabar berdi.

"Avstriya terma jamoasining 29 yoshli vice-sardori bugun Dortmundda tibbiy ko'rikdan o'tdi, shundan so'ng u 2027 yilning 30 iyunigacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekdi", - deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 2022/2023 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini “Manchester Yunayted”da ijara asosida o'ynadi. U "qizil iblislar" safida barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: bvb.de