"Manchester Yunayted"ga "Bavariya" futbolchisining o'yini maqul keldi

Mirjalol Normatov
16 apr 2023, 16:19
"Manchester Yunayted"dagilar "Bavariya"dan ijaraga olingan Marsel Zabitcer bilan to'liqligicha shartnoma imzolashni o'ylamoqda.

Jurnalist Kristian Falkning ma'lum qilishicha, klub xavbek uchun 20 mln evro to'lashga tayyor. Aslida ijara shartnomasida futbolchini sotib olish huquqi yo'q edi. Agarda taklif myunxenliklarni qoniqtirsa, MYU futbolchini sotib olishni istamoqda.

Zabitcer ushbu mavsum mankunianliklar tarkibida 13 o'yinda maydonga tushib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal