Zabitcer MYUda butunlay qolishni istaydi

Sherzod Nurmatov
6 apr 2023
"Manchester Yunayted" futbolchisi Marsel Zabitcer jamoada butunlay qolishni xohlamoqda.

Asli egalik huquqi "Bavariya"ga tegishli bo'lgan yarim himoyachi Marsel Zabitcer ijara shartnomasi tugaganidan keyin ham "Old Trafford"da qolishni afzal ko'radi.

29 yoshli Avstriya terma jamoasi a'zosining Germaniyaga qaytib kyetishi ehtimoli juda past. "Qizil iblislar" uni Bundesliga vakilidan sotib olmaydigan taqdirda ham fubolchiga Premer-liganing boshqa klublaridan nomzodlar topilishi tayin. Uning xizmatlariga liganing bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.

Zabitcer joriy mavsum Erik ten Hag qo'l ostida barcha musobaqalarda jami 10 ta o'yinda ishtirok etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports Deutschland