"Borussiya" - "Bavariya" bahsi 207 ta davlatda translyatsiya qilinadi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2013, 19:06
Bugun barchaning e'tibori Dortmundga – “Borussiya” va “Bavariya” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga qaratilgan.
“SA” esa sizni bundesliga atrofidagi turli qiziqarli fakt va statistikalar bilan tanishtirishda davom etadi.  

Olingan ma'lumotlarga qaraganda, bu safargi bahs FIFAga a'zo 209 davlatning naqd 207 tasida! jonli ravishda efirga uzatiladi. Bu bundesliga tarixidagi yangi rekord natijadir.  Dortmundda bo'lib o'tadigan uchrashuvni besvosita stadiondan turib 80.645 muxlis kuzatib borsa, zangori ekran qarshisida bir necha yuz millonlab futbol ixlosmandlari “nemis klassiko”sini tomosha qilishlari kutilmoqda.

Zoxirjon Akramxonov tayyorladi


Soat 22:30dan boshlanadigan bahs SPORT telekanali orqali jonli ravishda efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bundesliga.de