

"Bornmut" rasmiy sayti Andoni Iraola bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi. Bask bilan shartnoma ikki yilga mo'ljallangan.
40 yoshli Iraola yosh bo'lishiga qaramay, etarlicha murabbiylik tajribasiga ega. U avvaliga AEK, keyin Segundadan "Mirandes" bilan ishladi, ammo asosiy muvaffaqiyatini "Rayo Valekano" bilan qo'lga kiritdi. Iraola bu jamoani La Ligaga olib chiqdi va qiziqarli o'yin ko'rsatib, elitada saqlab ham qoldi.



