“Bornmut” klubi futbolchisi uchun “Arsenal” va “Liverpul” kurash olib boradi
26 noya 2019, 09:06
“Bornmut”ning 25 yoshli yarim himoyachisi Rayan Freyzer qishki tansferlar vaqtida klubdan ketishi mumkin.
Uning xizmatlariga “Arsenal” va “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shotlandiyalik futbolchi joriy mavsum APLda 12 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.