Bonuchchi Italiya termasidagi o'yinlar soni bo'yicha Kelliniga yetib oldi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2021, 21:32
"Yuventus" markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi JCH-2022 saralashi doirasidagi Italiya – Shimoliy Irlandiya (0:0) uchrashuvida qatnashdi.

Bu o'yin 34 yoshli futbolchi uchun "Skuadra Adzurra" tarkibidagi 114-bahs bo'ldi. 

Bonuchchi o'yinlar soni bobida Jorjo Kelliniga yetib oldi. Endi ular 6-o'rinni o'zaro bo'lishib turishibdi.

Reytingning top-5 taligidan Janluiji Buffon (176), Fabio Kannavaro (136), Paolo Maldini (126), Daniele de Rossi (117) va Andrea Pirlo (116) o'rin egallagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia