

"Manchester Yunayted"ni "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp boshqarishini istayman. Menga bu jamoaning hujumkor o'yini yoqadi. Aleks Fergyuson ham xuddi shu taktikada ishlardi. Uning futbolchilari yaxshi himoyalanishardi, ammo hujumga ko'proq e'tibor qaratilardi.
Sevimli jamoamdan ko'nglim to'q, ammo "Liverpul" uslubi e'tiborni o'ziga tortadi. Kelasi mavsumda MYUni jamoaga mos murabbiy boshqaradi va klub yaxshi o'yin ko'rsatadi deb umid qilaman.
Joze Mourinyo? Gap-so'zlarga qaraganda, u himoyaviy o'yinni afzal ko'rar ekan. Bu zerikarli. Zerikarli futbolni ko'rgani ko'zim yo'q" - deydi Bolt.



