Bolalar ligasi: Mintaqalar g'oliblari aniqlandi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2018, 12:43
Avval xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvimi asosida Farg'onada ettita yosh toifadagi guruhlarda futbol bo'yicha Respublika birinchiligining dastlabki bosqich o'yinlariga start berilgan edi.

Maxsus futbol maktab-internetlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o'smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o'smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o'rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning 2005 yilda tug'ilgan bolalar ishtirokidagi birinchi bosqich bahslari to'rt mintaqada o'tkazilib, o'z mintaqasida g'olib bo'lgan jamoalar final bosqichida o'ynash huquqiga ega bo'lishdi.

Birinchi bosqich g'oliblari “Neftchi” FM (Farg'ona), Toshloq tumani, Qo'qon BO'SM-2 va “Kimyogar” (Qo'qon) jamoalari o'rtasida 20 mart kuni yarim final 21 mart kuni esa final o'yinlari o'tkaziladi.

Musobaqada g'olib chiqqan jamoa O'FAning 2018 yil taqvim rejasiga asosan o'tkazilishi rejalashtirilgan Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

Farg'ona futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz