Bokuning "Neftchi" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Narzulla Saydullayev
26 okt 2013, 10:02
Ozarboyjon milliy terma jamoasining selekcioner murabbiyi Nazim Suleymanov Bokuning "Neftchi" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi, bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
48 yoshli murabbiyning yordamchisi etib Samedaga Shixlarov tayinlandi. Suleymanov futbolchilik vaqtida "Alaniya" va Bokuning "Neftchi" klubi sharafini himoya qilgan. 1992-1998 Ozarboyjon milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

2013 yil iyul oyiga qadar "Neftchi"ni Beyukaga Gadjiev boshqarib kelgandi. So'nggi uch oyda bosh murabbiy vazifasini Tarlan Ahmedov bajargandi.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" safida o'zbekistonlik hujumchi Bahodir Nasimov to'p tepmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net