Bodibilding bo'yicha Jahon chempionatining so'nggi kuni barcha sovrindorlari!

Narzulla Saydullayev
7 okt 2021, 11:50
6 oktyabr kuni Bodibilding va jismoniy sport turlari bo'yicha 12-jahon chempionatining oxirgi musobaqalari bo'lib o'tdi, ushbu jarayonda turli mamlakat sportchilari g'alaba va o'z toifasida eng kuchli sportchi nomi uchun kurashdilar.

Biz esa, o'z navbatida, sizlarni quyidagi toifalardagi g'oliblar bilan tanishtirmoqchimiz:

Bodibilding, erkaklar (1-o'rinlar):


90 kg gacha – Ruslan Xaleckiy, Rossiya;

100 kg gacha – Reza Nuriara, Eron;

100 kg dan ortiq – Vitaliy Skripachev, O'zbekiston.




Atlet-fizik, erkaklar (1-o'rinlar):


182 sm gacha – Ali Sadixi Bayotiy, Eron;

182 sm dan baland – Jalali Muhammad, Eron.

Atlet-fizik, ayollar – ochiq toifa:


1 o'rin – Judit Palesian, Vengriya.




Ledi atlet-fizik, ayollar – ochiq toifa:

1 o'rin – Judit Palesian, Vengriya.

Model-fizik, ayollar – ochiq toifa:


1 o'rin – Elena Bekirova, O'zbekiston.

Ledi model-fizik, ayollar (1-o'rinlar):


30-40 yosh – Badamxand Davaasambuu, Mongoliya;

40 yoshdan katta – Olga Kompaniec, Ukraina.

Aralash juftliklar:


1 o'rin – Mikola Sikashina va Yuliya Vorona, Ukraina.




Chempionat 3-kunining toifa g'oliblarini tabriklaymiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia