

Sport ustasi Hamid Nizamov 1987 yil Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida tug'ilgan. 2016 yilda Buxoro viloyati bodibilding federatsiyasi aynan Nizamov boshchiligida tashkil etilgan va ayni paytda u federatsiya rahbari hisoblanadi. Ikki marta O'zbekiston ochiq chempionatida 1-o'rinni olgan. IFBB Osiyo chempionatida 5-o'rinni egallagan. 2014 va 2015 yillarda Markaziy Osiyo va Qozog'iston chempionatida Hamid Nizamov tengsiz bo'lgan.



