Bobir Abdixoliqov - "Nasaf"ga nima yetishmagani, Belarus chempionatidagi mavsum va oldindagi uchrashuvlar haqida

Iskandarov Abdulaziz
15 noya 2022, 23:09
O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyida bo'lib o'tadigan Qozog'iston va Rossiya bilan o'yinlariga chaqirilgan "Energetik-BGU" hujumchisi Bobir Abdixoliqov saytimizga fikrlarini bildirdi.


"Chempionat biz uchun yaxshi o'tdi. Jamoa yangi tarix ochdi. Kumush medallarga ega chiqdi. O'zim to'purar bo'ldim. Kayfiyat ajoyib",- deydi Bobir Abdixoliqov. 

- Terma jamoada so'nggi bor qachon o'ynaganingizni eslay olasizmi?

- Oxirgi marotaba Suriyaga qarshi 2020 yil maydonga tushgandim. Sabr qilib o'z ustimda ishladim. Shu kuni chaqirilishim nasib qilgan ekan. 

- Bo'lajak raqiblarimiz haqida nima deya olasiz?

- Bugun Qozog'istonni o'rganib chiqdik. Himoyaviy va uzun paslar bilan to'p tepadi. Ertaga muxlislarimizni kutib qolamiz. Ko'proq ishqibozlar kelishiga umid qilaman. 

- Keyingi yil qaysi klubda o'ynashingiz barchani qiziqtiradi...

-  Navbatdagi mavsumda qayerda o'ynashim yaqinda aniq bo'ladi. 

- Superligani kuzatib bordingizmi? "Nasaf"ga nima yetishmadi?

-  Albatta kuzatdim. "Nasaf"ni o'zida qo'lida edi. Kerakli o'yinlarda g'alaba qozona olmadi. 

- Belarus chempionatining darajasi qanday ekan?

- Belarus chempionati saviyasi yaxshi. "Shaxtyor Soligorsk", BATE, "Dinamo Minsk" YCHL,  Konferenciyalar ligasida o'ynaydi.


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia