Birjan Orazov: "O'zbekistonda o'z uyimizdagidek o'ynayapmiz, muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz"

Абдулвосит Бектемиров
16 sen 2024, 16:58
Futzal bo'yicha Jahon chempionati 1-turidan o'rin olgan Ispaniya - Qozog'iston (1:1) uchrashuvidan so'ng Qozog'iston terma jamoasi futzalchisi Birjan Orazov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Albatta, o'yin juda qiyin bo'ldi. Ispaniya ham xuddi bizdek, bu turnirning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Menimcha, o'yin durang bilan yakunlandi, lekin biz g'alaba qozonishga intilgan edik. Bu yerda (O'zbekistonda – tahr.) o'z uyimizdagidek o'ynayapmiz, muxlislarga minnatdorlik bildiramiz. Hisob teng bo'ldi, ko'ramiz, oldinda yana ikkita o'yin bor. Mening golim? Bu taktik tayyorgarlikning natijasi. Bu bizga murabbiy o'rgatgan va biz bajarishimiz kerak bo'lgan kombinaciya edi" - deb ta'kidladib o'tdi Birjan Orazov.



O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Vesti.kz