Shu bois unda ishtirok etuvchi jamoalar ham tayyorgarlikni birmuncha quchaytirishdi.
Xususan bugungi maqolamizning bosh qahramoni “Qo'qon-1912” avvalgi yillarga nisbatan bu yil yuqori suratda hozirlik ko'rmoqda. Bunga sabab jamoa oliy ligaga chiqishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
RAHBARIYAT TOMONIDAN YUQORI E'TIBOR
Jamoani kuayishi ko'pincha klub rahbarlariga bog'liqdir. Bemalol aytish mumkinki, bugungi kunda “Qo'qon-1912” vice-prezidenti Baxtiyorjon Tolipov futbolning haqiqiy jonkuyari. Shuning uchun ham oxirgi yillarda jamoaning qaddi tobora rostlanmoqda deyish mumkin. Klubning qaysi bir xodimi bilan rahbar haqida suhbatlashmang ularning barisi Tolipovning qilayotgan ishlari tahsinga loyiq ekanligini va jamoaga bo'layotgan g'amxo'rligini ham alohida takidlaydi. Qolaversa Qo'qon shahar hokimi ham jamoaga befarq emas. Aynan hokimning qo'llab-quvvatlashi natijasida “Qo'qon-1912” moliyaviy muammolarga duch kelgani yo'q. Hattoki klub homiylardan pul kelib tushishini kutib o'tirmasdan, o'zi ishlab chiqarish orqali hisob raqamiga pul tushirmoqda. Bugungi kunda oliy liganing deyarli ko'plab jamoalari homiylar tomonidan e'tibor bo'lishiga muhtoj bo'lib turgan bir paytda “Qo'qon-1912”ning o'z-o'zini taminlab kelayotgani diqqatga sazovordir. O'tgan yili moliyaviy jihatdan o'zini anchagina tiklab olgan jamoa bu yil bemalol o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yishdan cho'chimayapti. Bunga sabab jamoa bir qator biznes loyixalar orqali o'zini-o'zi qoplamoqda. Shuning uchun ham rahbariyat bu yil futbolchilarni har yilgidanda yuqori darajada tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Baxtiyorjon Tolipovning asosiy yordamchilaridan biri bo'lmish Shuhratbek Mo'minov ham klub rivoji uchun doimo izlanishda va tashkiliy ishlarning risoladagidek bo'lishi maqsadida astoydil eng shimarib ishlamoqda.
YIG'INLAR QO'QON-TOSHKENT YO'NALISHI BO'YICHA
Jamoa bu yil o'z oldiga jiddiy va aniq maqsad qo'ygani uchun ham tayyorgarlikni ertaroq boshladi. Qo'qonliklar dastlab o'z qarorgohida shug'ullandi va shundan so'ng ma'lum muddat Toshkentda qisqa yig'in tashkil etildi. Fevral oyining dastlabki o'n kunligida esa Farg'onada “Hokim Kubogi-2014” turnirida ishtirok etdi. Keyinchalik esa Toshkentda bo'lib o'tgan PFL Kubogida ham qatnashildi. Bu musobaqada ilk bor ishtirok etgan bo'lishiga qaramay “Qo'qon-1912” yarim finalga qadar yetib bordi. Mazkur kichik turnirdan keyin futbolchilarga qisqa muddatli dam berildi va 24 fevraldan yana Qo'qonda navbatdagi yig'inga kirishildi. Rejaga ko'ra Tohir Kapadze boshqaruvidagi jamoa 7 martdan yana poytaxtga jo'nab ketadi va u yerda mashg'ulot o'tkazish bilan bir qatorda sinov-nazorat bahslarida ishtirok etadi.
ASOSIY TARKIB O'ZAGI SAQLAB QOLINDI
“Qo'qon-1912” garchi o'z oldiga kuchililar safiga chiqishni maqsad qilib qo'yayotgan bo'lsada, transfer oynasida unchalik ham faol emas. Chunki murabbiylar shtabi o'tgan yilgi tarkib o'zagini saqlab qolgan va ular bilan o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajarishga ko'zi etmoqda. Haqiqatdan ham bu eng to'g'ri qarorlardan biri desam mubolag'a bo'lmas. Chunki qo'qonliklarning tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsangiz, ilgari oliy ligada o'ynagan bir qator yetakchi o'yinchilarni uchratishingiz mumkin. Xususan, Andrey Baklanov, Aziz Ashurov, Aleksandr Kritinin, Xurshid Uzoqboev, Ali Yuldashev hamda Aziz To'xtaboev singari taniqli o'yinchilar bu yil “Qo'qon-1912”ning elitaga olib chiqish uchun astoydil kurashish niyatida. Murabbiylar shtabi vazifani ado etish uchun asosan tajribali o'yinchilar xizmatiga tayanayotgani yo'q. Yuqorida nomlari keltirilib o'tilgan futbolchilar bilan bir qatorda Rahmatullo Meliboev, Rustam Abduhamidov, Abdullajon Mirzaev va Otabek Haydarov kabi yoshlarga ham ishonch bildirilmoqda. Jamoa shu kungacha o'z tarkibiga Davron Mamatov bilan “Bunyodkor”ning iqtidorli himoyachisi Rustam Ashurmatovni qo'shib oldi. Chempionat startiga qadar yana ayrim o'tishlar bo'lishi extimoldan xoli emas. Aytgancha mashg'ulotlarni o'tkazishda bosh murabbiy Tohir Kapadzega Qo'qon futbolining taniqli shaxslaridan biri Muhiddin Abduvaliev yaqindan yordam bermoqda.
JAMOANING RASMIY SAYTI OCHILMOQDA
Rahbariyat klubni rivojlantirish uchun avvalo infratuzilmaga e'tibor qaratmoqda. Ayrim klub rahbarlari matbuot kotibi va umuman OAV xodimlarini nazar pisand qilmaydi. Lekin “Qo'qon-1912”ning vice-prezidenti Baxtiyorjon Tolipov doimo OAV xodimlariga xurmat bilan qaraydi va shu bilan birga matbuotga ham befarq emas. Darvoqe, jamoa bu yil o'zining internetdagi rasmiy saytini ochish arafasida.
BOLALAR FUTBOLIGA E'TIBOR
Qo'qonda ilgari ko'plab taniqli o'yinchilar yetishib chiqqan. Ularning ko'pchiligi hattoki milliy terma jamoa saviyasidagi futbolchilardir. Lekin tan olish kerak oxirgi yillarda Qo'qon futboli bu borada maqtana olmaydi. Bunga jamoaning o'z vaqtida inqirozga yuz tutgani sabab sifatida ko'rsatiladi. “Qo'qon-1912”da vaziyat ijobiy tomonga o'zgargani sari shaharda futbolga bo'lgan e'tibor ham tobora oshib bormoqda. Xususan klub rahbarlarining tashabbusi bilan bu yil jamoa Qo'qon shahriga yaqin bo'lgan tumanlarda bolalar futbol maktabini ochish niyatida. Buning uchun allaqachon yoshlarni saralab olish ishlari bo'lib o'tdi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, jamoa poydevorni mustahkamlash uchun avvalo ishni quyidan boshlamoqda. O'ylaymizki qo'qonliklarning mazkur loyihasi vaqti kelib o'z so'zini aytadi.
STADIONDA TA'MIRLASH ISHLARI
“Qo'qon-1912”ning uy o'yinlari o'tkaziladigan “Markaziy” stadionda ta'mirlash ishlari ketmoqda. Jamoa bu yil o'z oldiga aniq maqsad qo'ygani sababli ham avvalo stadionni ham shunga monand ta'mirdan chiqarishni shart deb bildi. Buning uchun eng birinchi navbatda maydonning xolatini yanada yaxshilash uchun mutaxassislarni taklif etib, maydonni ideal xolatga keltirishmoqda. Shuningdek stadion hududini ham kapital ta'mirlash ishlari o'tkazilmoqda. Qolaversa muxlislar uchun avvalgiga nisbatan sharoitlar qilinmoqda.
Islombek Rustambekov tayyorladi.