Saytimiz ijodkorlari bilan o'zaro fikr almashgan xolda, ikkinchi bosqichda, oyning eng yaxshi futbolchisini aniqlab borishni maqsad qildik.
Ushbu loyixa birinchi liga ishtirokchilarini behad quvontirib yuborganini, ular bilan o'tgan o'zaro suhbatlarimizda bilib olish qiyin bo'lmadi. Ma'lumki, birinchi liganing ikkinchi bosqich o'yinlari 12 avgustda start olgandi. Mazkur avgust oyida 4ta tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bu o'yinlarda bir qator futbolchilar o'zlarining mahoratlarini namoyon etishga harakat qilishgani ko'rinib turdi. Ayniqsa Buxoroning "Spartak" jamoasi hujumchisi bo'lmish Firdavs Asadov yosh ekanligiga qaramay, ko'pchilikni e'tiborini tortdi. 17 yoshli hujumchi avgust oyida bo'lib o'tgan to'rtta o'yinda 6ta gol kiritdi! Buning natijasida Asadov to'purarlar ro'yxatida peshqadamlikni o'z qo'liga oldi.
Shu bois Firdavs Asadovni championat.asia talqiniga ko'ra, avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topdik.
- championat.asia saytining doimiy o'quvchilaridan biriman. Ayniqsa birinchi liga o'yinlaridan so'ng, darhol ushbu saytga kirib, boshqa bahslarda qanday natija qayd etilganligi bilan qiziqaman deydi Asadov. - Albatta, meni avgust oyida eng yaxshi deb topganinglardan xursandman. Buning uchun saytning barcha ishchi xodimlariga, e'tibor uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. Bu natijalar bilan to'xtab qolishni istamayman, hali oldinda isbotlaydigan ishlar kutib turibdi, shu bois o'z ustimda ishlashni bir zum ham to'xtatib qo'ymoqchi emasman", - deya qo'shimcha qiladi avgust oyining laureati, Firdavs Asadov.
O'ylaymizki, bundan buyon Asadov kabi boshqa jamoadagi futbolchilar ham yanada o'zlarini ko'rsatishga intiladi va saytimizning arzimas sovg'alarini qo'lga kiritadi.