Bilich: "Vest Xem" tarkibdagi muammolarga qaramay munosib ravishda g'alaba qozondi"

Aslanov Jasurbek
22 avg 2016, 13:14
"Vest Xem" bosh murabbiyi Slaven Bilich "Bornmut"ga qarshi uchrashuv (1:0) haqida fikr bildirdi.

"O'yin og'ir o'tdi va shunday bo'lishini bilgan edik. Bizga bazi muhim futbolchilarimiz yetishmadi. Shunga qaramay yigitlar meni xursand qilishdi. "Bornmut" ikkinchi bo'limning ilk 15 daqiqasida yaxshi o'ynashdi, ammo bundan foyda chiqara olishmadi. Natijada "Vest Xem" munosib ravishda g'alabaga erishdi. Yangi stadiondagi ilk o'yinni quruq g'alaba bilan yakunlaganimizdan xursandman" - deydi Bilich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC