Bilasizmi? Neymar bilan kelishuv PSJ uchun salkam yarim milliard evroga tushgan

Aslanov Jasurbek
5 sen 2021, 01:36
Neymar va PSJ o'rtasidagi kelishuvning moliyaviy tomonlari ma'lum bo'ldi.

El Mundo nashri Neymarning 2017 yil "Barselona"dan PSJ ga o'tayotganda imzolagan shartnomasining moliyaviy tafsilotlarini e'lon qildi.

PSJ Neymar uchun "Barselona"ga dastlab 222 mln evro to'lagan. Futbolchining dastlabki besh mavsumi uchun esa 43,334,400 evro maosh belgilangan. Agar futbolchi oltinchi mavsum ham PSJ da qoladagan bo'lsa, uning maoshi 50,556,117 evrogacha ko'tariladi. 

Shunday qilib, Neymar bilan kelishuv PSJga umumiy hisobda 489,228,117 evroga tushgan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo