Beylning agenti: "Garet bir necha kun ichida Ronaldu darajasiga chiqishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2019, 13:14
"Real" hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining rejalari haqida gapirib berdi.
"U faoliyatining qolgan qismini "Real"da o'tkazmoqchi, agar bunday bo'lmasa, u janob Zidan bilan suhbatlashadi va mavsum oxirida takliflarni ko'rib chiqamiz.

Zidan bilan kelishmovchilik? Garet bir uslubda o'ynamoqchi edi, murabbiy esa boshqa uslubni aytdi. Muammo shunda edi va hammasi kundan-kunga yomonlashib bordi. Agar Garetga o'z futbolini namoyish etishga imkon berishsa, u Krishtianu Ronaldu darajasiga chiqadi. Beyl iqtidorli yigit.

Garet matbuotda yozilayotgan narsalar borasida havotir olmaydi. Uni muxlislarning noroziligi g'azablantirmaydi.

Britaniya matbuotiga etirozim bor. U chet elga yo'l olgan eng yaxshi britaniyaliklardan biri va ingliz OAV uni tanqid qilishi adolatsizlik.

Portugaliyada Ronalduni, Messini Argentinada, Neymarni Braziliyada tanqid qilishmagan bo'lardi" - deydi agent.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru