Beyl termadagi faoliyatini davom ettirishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2021, 16:51
Uels termasi vingeri Garet Beyl milliy jamoadagi faoliyatini davom ettirishini aytib o'tdi.

"Nima uchun odamlar doimo ahmoqona savollar berishadi? Uels termasida o'ynash menga zavq bag'ishlaydi. Futbolchilik faoliyatimni boshlaganimdan buyon o'zimni termasiz tasavvur qila olmayman.

JCH uchun saralashni endigina boshladik. Evrodagi tajribamizni u yerda ham sinab ko'rmoqchimiz. Sifatli o'yin namoyish qilyapmiz. Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman", - dedi Beyl.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal