Beyl so'nggi 4 yarim yilda qancha jarohat olganini bilasizmi?

Mirjalol Normatov
4 yanv 2019, 19:12
"Real" vingeri Garet Beyl jarohat oldi va safdan chiqdi, deb xabar beradi AS.

Futbolchi Ispaniya chempionatining 17-turida qoldirilgan "Vilyareal"ga qarshi o'yinda jarohat oldi va tanaffus vaqtida almashtirildi. Hozircha jarohat borasida ma'lumotlar berilmagan.

Qayd etish kerak, xavbek so'nggi 4,5 yil ichida 22-marta jarohat oldi.

Bu mavsumda uelslik "Real" tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 10 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS