Beyl "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2016, 15:18
Uels terma jamoasi va "Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Manchester Yunayted"ga o'tish taklifini ko'rib chiqmoqchi emas.

Ma'lum bo'lishicha, avvaliga uelslik bu variant haqida o'ylab turgan edi, chunki MYU "Qirollik klubi"ga rekord darajadagi transfer mablag'i va shartnoma taklif qildi. Keyinroq Beyl bu taklifni qabul qilmaslikka qaror qildi, chunki "qizil iblislar" bosh murabbiyi Lui van Galning holati achinarli va jamoa ham chempionat turnir jadvalida pastgi o'rinlarga tushib ketdi.

Oldinroq "Yunayted" Beyl uchun 130 mln. evro to'lamoqchiligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times