"Betis" vingeri La Ligada mag'lubiyatga uchrash bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi

Alisher
26 avg 2019, 11:51
Xoakin Sanches uchun chempionat antirekordigacha yana 4ta o'yin qoldi.

Ispaniya chempionati 2-tur doirasidagi "Barselona" va "Betis" klublari o'rtasidagi o'yinda mehmonlar safida zaxiradan Xoakin Sanches o'yinga qo'shildi.

Bu o'yindagi mag'lubiyat 38 yoshli "qariya" uchun Ispaniya chempionatidagi 174-si bo'ldi.

U "Osasuna" sobiq futbolchisi Patchi Punyalni ortda qoldirib, mag'lubiyatlar bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi.

Bundan buyog'iga Ispaniya chempionatidagi rekordchi Xose Ramon Esnaolaga yetib olish uchun 4ta mag'lubiyatli o'yin qoldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru