Bernardeski simulyaciyasi uchun jarima to'laydi

Mirjalol Normatov
6 apr 2021
"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeskiga moliyaviy jazo qo'llaniladi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, futbolchi "Torino"ga qarshi o'yinda bir necha marta yolg'on xatti-harakatlari orqali bosh hakamga ta’sir o'tkazmoqchi bo'lgandi. Shu boisdan futbolchi 2000 evro jarimaga tortilgan.

Ushbu mavsumda Bernardeski "Yuventus" tarkibida 36 o'yinda maydonga tushib, 3 assist amalga oshirgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia