Benzema Saudiya Arabistonida o'z akademiyasini ochishi mumkin - arablardan ajoyib qadam

Omonjon To`xtamirzayev
10 apr 2023, 13:16
Karim Benzema Saudiya Arabistonida o'z akademiyasini ochishi mumkin.

Mahalliy klublardan biri fransiyalikka juda yaxshi taklif berishga tayyor va akademiya ochish - ushbu kelishuvning bir qismi bo'ladi.

Jahon yulduzlaridan birini Saudiya Arabistoni chempionatiga olib kelish va mahalliy yosh bolalar uchun akademiya, shunchaki ajoyib qaror.

Futbolchining "qaymoqranglilar" bilan kelishuvi mavsum oxirida yakuniga etadi. Biroq Madrid klubida yozilmagan bir qonun borki, "Oltin to'p" sohiblari bilan shartnoma avtomatik ravishda bir yilga uzayadi. Benzema va "Real" kelajak borasida muzokaralarni davom ettirishmoqda, hozircha Karimning klubdan ketish niyati yo'q.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia