Benzema, Modrich, Karvaxal va boshqa futbolchilar Ronalduga yetib oldi. Oldinda esa faqatgina Fransisko Xento bor

Eldor Akmurzayev
29 may 2022, 09:00
"Real"ning bir qator futbolchilar YCHL titullari sonini beshtaga etkazib, jamoa sobiq a'zosi Krishtianu Ronalduning natijasini takrorlashdi.

Bu borada musobaqa rekordchisi esa Fransisko Xento hisoblanadi. U 6 bor Chempionlar Ligasi tituli boshi uzra baland ko'targan.

YCHLni eng ko'p yutgan futbolchilar ro'yxati:

6 ta Fransisko Xento ("Real")

5 Garet Beyl* ("Real")

5 Karim Benzema ("Real")

5 Isko* ("Real")

5 Kazemiro* ("Real")

5 Dani Karvaxal ("Real")

5 Toni Kroos* ("Real", “Bavariya”)

5 Paolo Maldini ("Milan")

5 Marselo ("Real")

5 Luka Modrich ("Real")

5 Nacho*** ("Real")

5 Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted", "Real")

5 Alfredo Di Stefano ("Real")

5 Xose-Mariya Sarraga ("Real")

4 Klarens Zeedorf ("Ayaks", "Real", "Milan")

4 Andres Iniesta ("Barselona")

4 Serxio Ramos ("Real")

4 Lionel Messi** ("Barselona")

4 Jerar Pike** ("Barselona")

4 Rafael Varan** ("Real")

4 Xavi Ernandes** ("Barselona")

*to'rtta finalda qatnashgan;

**uchta finalda qatnashgan;

***bitta finalda qatnashgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA