Benites: "Asensio ijaraga beriladi"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2015, 12:43
"Real" bosh murabbiyi Rafael Benites yarim himoyachi Marko Asensio ijaraga berilishini tasdiqladi.

Asensio 2014 yilda Madrid klubi bilan shartnoma tuzgan edi, ammo "Real" tarkibiga shu yozda qo'shildi.

2014/15 mavsumda u Segundada ishtirok etuvchi "Malorka" safida o'ynadi.

"U bilan suhbatlashdim. Bu darajadagi futbolchi doimo maydonga tusha olmasligi noto'g'ri" - deydi Benites.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com