"Surxon" Behruz Karimovning transferidan qancha pul ishlab topdi?

admin
11 avg 2026, 15:16
Termizning "Surxon" klubi himoyachi Behruz Karimovni Shveytsariyaning "Lugano" klubiga transfer qildi.

Narzulla Saydullaev ma'lumotiga ko'ra, "Lugano" ushbu transfer uchun "Surxon"ga 250 ming evro to'laydi. "Surxon" tayyorgarlik kompensaciyasi uchun yana taxminan 200 ming evro oladi. Bundan tashqari, Termiz klubi Karimovning keyingi sotuvining 10 foiziga ega chiqadi. Yani, Behruz "Lugano"dan boshqa klubga aytaylik 10 million evroga sotilsa "Surxon" hisob-raqamiga yana 1 million evro tushadi.

Yosh futbolchiga qo'rqmasdan imkon bergan "Surxon" murabbiylari Fevzi Davletov, Stanislav Kudryashovning ham mehnati mana shunday paytlarda bilinmoqda. Birgina futbolchini Yevropaga transfer qilish orqali klub bir necha yillar davomida uning ortidan pul ishlab topishi mumkinligi yana bir marta o'z isbotini topmoqda.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: championat.asia