Bender Dortmundning "Borussiya" klubini tark etdi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2017, 18:14
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachi Sven Bender jamoani tark etgani haqida ma'lum qildi.

Futbolchi faoliyatini "Bayer"da davom ettiradi. Dortmundliklar bilan kelishuv 2021 yilgacha belgilangan edi.

"Dortmundda o'tkazgan yillarim davomida men bilan birga bo'lgan jamoadoshlarim, murabbiylarim, klub xodimlari va albatta, muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman!" - deydi Bender.

28 yoshli ftubolchi 2009 yildan beri dortmundliklar sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com