"Arsenal" Sven Bender uchun 15 mln funt berishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
1 iyun 2014, 09:30
"Arsenal" "Borussiya D" futbolchisi Sven Benderni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lumotlarga qaraganda, londonliklar 25 yoshli futbolchi uchun 15 million funt to'lashga tayyorlar.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" o'tgan yili Svenning egizagi Lars Benderni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgandi. Lekin, "Bayer" "kanonirlar" tomonidan taklif qilingan 18 million funtga rad javobini bergandi.

Ta'kidlab o'tish lozimki, futbolchi jarohati sabab mavsumning asosiy qismini o'tkazib yubordi va Germaniya terma jamoasining JCH-2014ga boradigan yakuniy ro'yxatidan joy ololmadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru