Sven Bender 10 hafta maydonga tushmaydi

24 fev 2014, 10:55
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Sven Benderning jarohati jiddiyligi ma'lum bo'ldi.

Yarim himoyachi avval aytilganidek 6 hafta emas balki 10 hafta maydonga tusha olmaydi. Shunday qilib futbolchi chempionat va evrokuboklarning barcha o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Benderning jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi ro'yxatiga kiritilishini esa Yoaxim Lev hal qiladi.


Manba: football.kulichki.net