

Ushbu voqea Kolumbiya - Urugvay uchrashuvidan (1:0) so'ng sodir bo'ldi.
KONMEBOL muxlislar bilan bo'lgan mushtlashuvda ishtirok etgan 11 nafar futbolchiga nisbatan ish ochdi.
"Biz AQSHdamiz, xavfsizlik mamlakatida. Qanday qilib ona, singil va farzandni himoya qilmaslik mumkin.
Sankciyalar futbolchilarga emas, ularni bunga majbur qilganlarga qaratilishi lozim. Sharmandalik.
Siz mendan sankciyadan qo'rqishim yoki qo'rmasligim haqida emas, ular kechirim so'radimi yoki yo'qmi deb so'rashingiz kerak edi" - dedi Marselo Belsa.



