Belsa - "Arsenal" bilan o'yinda durang haqida: "Juda ham xafaman"

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 10:53
"Lids" bosh murabbiyi Marselo Belsa APLning 9-turi doirasida "Arsenal" bilan o'yinda qayd etilgan durang haqida gapirdi.

"Juda ham xafaman, yutishimiz kerak edi. Xar xil yo'llar bilan xavfli hujumlar uyushtirdik: qanotdan, uzun paslar orqali, kichik paslar orqali, markazdan. Ushbu uslublar orqali biz vaziyatlar yaratdik, biroq gol ura olmadik.

Rafinya? U yomon o'yin ko'rsatmadi. Biroq uni ajratib ko'rsatadigan darajada yaxshi ham o'ynay olmadi. U bizning hujumlarimizga tezlik bera oldi", - dedi Belsa.

APLning 9-turidan keyin "Lids" turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal