Bellingemning transferi "Liverpul"ga 105 million evroga tushishi mumkin

Alisher
8 dek 2021, 18:33
Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Angliya terma jamoasi futbolchisi "Liverpul"ga o'tishi mumkin. Bellingemning transferiga "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp qiziqmoqda.

Xavbekning xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda.

Bellingem joriy mavsum "Borussiya" tarkibida barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Mirror