

Bu haqda insayder Sasha Tavoleri ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz futbolchisi o'yin vaqtidan norozi va Dortmund ustozi Niko Kovach uni jamoa futbolchilari jarohatlangandagina maydonga tushiradi deb hisoblaydi.
Job Bellingem yozda dortmundliklar bilan shartnoma imzolagandi. Nemis klubi uni "Sanderlend"dan 30 million evro evaziga sotib oldi va bu o'z tarixidagi to'rtinchi yirik transferga aylandi.
Job bu mavsum "Borussiya" safida 9 o'yin o'tkazdi, biroq bor-yo'g'i 167 daqiqa o'ynadi va Bundesligada hali to'liq 90 daqiqa harakat qilgani yo'q.



